AsosiyJamiyat

Shuhratbek Abdurahmonovning qarindoshi qonunbuzarlik sodir etgani aytildi. Viloyat hokimligi rasmiy munosabat bilan chiqdi

'Shuhratbek Abdurahmonovning qarindoshi qonunbuzarlik sodir etgani aytildi. Viloyat hokimligi rasmiy munosabat bilan chiqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyat rahbariga qarindosh sanalgan shaxs qonunbuzarlik sodir etgani aniqlangani haqida xabarlar tarqalmoqda. Viloyat hokimligi axborot xizmati holat bo`yicha rasmiy munosabat bilan chiqdi.

Ma`lum qilinishicha, bunday holat bo`yicha (o`sha shaxs kim bo`lishidan qat`i nazar) aniq isbotlar yoki biror rasmiy idoraning xabarni tasdiqlagani kuzatilgani yo`q. Qolaversa, bunday holat mas`ul rahbar bilan va uning yaqinlari bilan bog`liqligi haqiqatga zid.

“Keyingi navbatda esa, har bir shaxs o`z hatti-harakati uchun o`zi javobgar sanalishi qonunlarimizda ko`rsatilgan.

Yanada aniqroq aytganda, yurtimizda jinoyat sodir etgan shaxs kim bo`lishidan yoki kimning yaqini bo`lishidan qat`i nazar qonun oldida o`zi uchun va albatta javobgarlikka tortiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar kuzatuvchilarini va sahifalar egalarini asoslari aniq ko`rsatilmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqiramiz. Turli xil ma`lumotlarni jamoatchilikka etkazishda e`tiborli bo`lishni eslatib o`tamiz”, deyiladi rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar