AsosiyJamiyat

Toshkent metrosining Beruniy bekatida poezd 15 daqiqaga to`xtab qolganligi aytilmoqda (video)

'Toshkent metrosining Beruniy bekatida poezd 15 daqiqaga to`xtab qolganligi aytilmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining "Beruniy" bekatida 15 daqiqa vaqt poezd to`xtab qolgani haqida xabarlar tarqaldi .

  



Mazkur holat yuzasidan Toshkent metropoliteni quyidagilarni ma`lum qildi: 

"Bugun, 4 sentyabr kuni taxminan soat 10:10 lar atrofida metropolitenni tashqi elektr energiya bilan ta`minlovchi korxonalarda elektr tarmog`ida sodir bo`lgan qisqa uzilish sababli Chorsu bekatining svetafori o`chib qolgan va buning natijasida, 41-sonli harakat tarkibi belgilangan yo`riqnomaga asosan bekatga kirib kelishda to`xtab turgan. 
Elektr energiyani qayta tiklash yuzasidan tezkor chora-tadbirlar natijasida, 1,5 daqiqadan so`ng harakat tarkibi o`z harakatini davom ettirgan" deyiladi xabarda.
Hozirgi vaqtda yo`nalishda poezdlar harakati belgilangan jadvalga ko`ra amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar