Farg`ona viloyatida Damas va yuk avtomashinasi ishtirokida o`lim bilan bog`liq bo`lgan YTH aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.
Ushbu holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Farg`ona viloyati Buvayda tumanida Damas hamda DAF rusumli yuk avtomashinasi ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Sodir bo`lgan ushbu YTHda Damas avtomashinasida bo`lgan ikki nafar yo`lovchi voqea joyida haydovchi esa shifoxonada vafot etgan. Avtoulovda bo`lgan yana bir yo`lovchi turli darajadagi tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar teshkiruv olib borilmoqda.






