AsosiyJamiyat

Samarqand Davlat universiteti Kattaqo`rg`on filialida beton plita qulab tushib jarohatlanganlar bo`yicha Bosh prokuratura qo`shimcha ma`lumot berdi

'Samarqand Davlat universiteti Kattaqo`rg`on filialida beton plita qulab tushib jarohatlanganlar bo`yicha Bosh prokuratura qo`shimcha ma`lumot berdi'ning rasmi

Biroz avval, Samarqand Davlat universiteti Kattaqo`rg`on filialida beton plita qulab tushib jarohatlanganlar borligi haqida xabar bergan edik.

Holat bo`yicha Kattaqo`g`on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgani ma`lum bo`ldi.  Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura ma`lum qildi. 
Dastlabki olingan ma`lumotlarga ko`ra, 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda ularga zarur tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

"Tekshirish natijasiga ko`ra, qonuniy qaror qabul qilinadi" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar