Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand Davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali faollar zalidagi beton plita qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Kattaqo`rg`on shahar hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun Samarqand Davlat universitetining Kattaqo`rg`on filiali binosidagi (sobiq lisey binosi) faollar zali shiftidagi beton plita noma`lum sabablarga ko`ra joyidan siljib pastga tushgan.
Voqea sodir bo`lgan ya`ni, plita tushgan joyda talabalar bo`lmaganligi sababli hech kimga jiddiy zarar etmagan. Faqat zalning birinchi qatorida o`tirgan ikki nafar 1- bosqich talabalari engil jarohat olgan va ayni damda shahar Tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko`rsatilmoqda. Ularning ahvoli yaxshi.
"Ayni damda ishchi guruh tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda. O`rganish natijasi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi",–deyiladi xabarda.






