AsosiyJamiyat

Navoiyda noqonuniy qum-shag`al qazib olgan fuqaro jarimaga tortildi

'Navoiyda noqonuniy qum-shag`al qazib olgan fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

Navoiy viloyatida Qiziltepa tumani Ekologiya bo`limi davlat inspektorlari, tuman prokuraturasi hamda IIB xodimlari hamkorligida “Ziyokor” mahallasining cho`l hududida nazorat reyd tadbiri o`tkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, tadbir davomida fuqaro Sh.R. o`z  boshqaruvidagi ekskavator yordamida noqonuniy ravishda qum-tosh aralashmasini kavlab olayotgani aniqlangan va to`xtatilgan.

Shuningdek, holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarga nisbatan 3 mln 300 ming so`m miqdorida jarima belgilangan.

    Boshqa yangiliklar