Biroz avval, Surxondaryo viloyati hokimi bilan tortishgan o`qituvchi kaltaklangani haqida xabar bergan edik.
Viloyat prokuraturasi vaziyat rasmiy bayonot berdi:
"Sariosiyo tumanidagi 28-umumiy o`rta ta`lim maktabining direktori o`qituvchining yaqin qarindoshlari tomonidan kaltaklanganligi holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoxabar bo`yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazildi.
Aniqlanishicha, maktab direktori U.T. maktab o`qituvchisi D.K.ning dars soatlarini asossiz ravishda kamaytiriganligi sababli turmush o`rtog`i Y.M. tomonidan urib, engil tan jarohati etkazilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga engil shikast etkazish) 2-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda" deyiladi rasmiy xabarda.
Gumon qilinuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o`tamiz, viloyat hokimi Ulug`bek Qosimov Tursunovadan xabar oldi.






