Markaziy bank Brio Group (OSON) to`lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo`llanganini ma`lum qildi. Bu haqda Regulyator matbuot xizmatining xabar berdi.
Tashkilot to`lov operasiyalarini amalga oshirishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to`g`risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan. Shu sababli unga nisbatan «O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi qonunga asosan jarima sanksiyasi qo`llangan.
Shu bilan birga, boshqa to`lov tashkilotlari va ularga xizmat ko`rsatuvchi banklar shu kabi qoidabuzarliklarga yo`l qo`yilgan taqdirda, Markaziy bank tomonidan ularga nisbatan qat`iy choralar ko`rilishi to`g`risida ogohlantirilgan.






