AsosiyJamiyat

Shifokorlarning ijtimoiy muhofazasi kuchaytirilib, ularning faoliyatiga to`sqinlik qilish holatlari uchun javobgarlik belgilandi

'Shifokorlarning ijtimoiy muhofazasi kuchaytirilib, ularning faoliyatiga to`sqinlik qilish holatlari uchun javobgarlik belgilandi'ning rasmi

Oxirgi paytlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish, ularni bemorlarning sog`lig`i yomonlashishida yoki o`limida asossiz ravishda ayblash holatlari ko`payib ketganligi sababli O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksida to`g`ridan –to`g`ri javobgarlik belgilandi. Bunday holatlarda fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha; mansabdor shaxslarga esa – 7 dan 10 baravarigacha jarima solishga yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi.

Ushbu turdagi javobgarlik belgilanishi tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilishga va ularning kasbiy faoliyatiga turlicha aralashuvlarning oldini olishga, shifokorlik kasbining maqomi hamda nufuzini oshirishga, fuqarolarga o`z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishiga xizmat qiladi. 

Bundan tashqari, tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 3,3 barobarga oshirilib, ularning majburiy mehnatga jalb etilishiga chek qo`yildi. 

Jumladan:

a) 2022 yil 1 iyundan boshlab oliy va birinchi malaka toifalarga ega bo`lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlari oylik lavozim maoshlariga 15 foiz, ikkinchi malaka toifasiga ega bo`lgan va toifaga ega bo`lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun 10 foiz, tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlarining oylik maoshlari 15 foizga oshirildi;

b) yoshlarimizning tibbiyot sohasiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida oliygohni yangi bitirgan salohiyatli oilaviy shifokorning o`rtacha oylik ish haqi 2,7 mln. so`mni, ustamalar bilan birga 5,4 mln. so`mni, ilmiy darajasi mavjud bo`lganda 6,2 mln. so`mni, yangi ish boshlaganligi uchun qo`shimchasi bilan esa 7,2 mln. so`mni tashkil etmoqda. Agar ushbu darajadagi shifokor olis va chekka hududlarga borib ishlasa uning maoshi – 9,2 mln. so`mni tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, so`nggi yillarda mamlakatimizda tibbiyot sohasiga bo`lgan e`tibor va amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilishga va ularning kasbiy faoliyatiga turlicha aralashuvlarni oldini olishga erishildi. 

Shu bilan birga, tibbiyot hodimlaring oylik maoshlari sezilarli darajaga oshirilgani va ularning majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga chek qo`yilgani shifokorlik kasbining maqomi va nufuzini oshirishga, va shu jumladan fuqarolarga o`z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko`rsatishiga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar