Bayram kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda "O`zgidromet" xizmati.
Qayd etilishicha, so`nggi haftada O`zbekistonda mintaqamiz uchun avgust oyining oxiriga xos bo`lmagan ob-havo bo`ldi. Respublika hududi bo`yicha yomg`ir yog`ishi, ba`zi joylarda momaqaldiroq va shamolning kuchayishi bilan birin-ketin nam havo kirib keldi. Ammo bugun, bayram kunlari arafasida, butun respublika bo`yicha ertalab yomg`ir to`xtadi va osmon asta-sekin bulutlardan tozalanmoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugun va 1-3 sentyabr bayram kunlari O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, kunduzi 25-30o bo`lgan juda qulay harorat kuzatiladi. Ertalab sezilarli darajada salqin, harorat 14-17 daraja atrofida bo`ladi.
Poytaxtda: 31 avgust 1-2 sentyabr kunlari havo asosan kam bulutli bo`ladi, 3 sentyabrda bulutlilik biroz kuchayadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 26-29 daraja, kechasi 15-17 daraja bo`ladi.






