2023-2024 yil o`quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarni o`z vaqtida etib borishlari uchun bir nechta yo`nalishlarda qo`shimcha avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Jumladan:
- Urganch-Toshkent
- Xiva-Toshkent
- Buxoro-Toshkent
- Toshkent-G`ijduvon
- Toshkent-Qorako`l
- Toshkent-Shofirkon yo`nalishlarda qo`shimcha avtobuslar qo`yiladi.
Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023 yilning 3 sentyabr kuniga qadar qo`shimcha avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yilmoqda.
Avtobuslar chiptalarini Urganch shahridagi avtovokzaldan, Buxoro shahridagi avtoshox bekatidagi chiptaxonadan yoki elektron tarzda xarid qilish mumkin.






