AsosiyJamiyat

Xorijiy tillarni o`qitish uchun chet el fuqarolarini jalb etish loyihasi doirasida o`quv-seminar o`tkazildi

'Xorijiy tillarni o`qitish uchun chet el fuqarolarini jalb etish loyihasi doirasida o`quv-seminar o`tkazildi'ning rasmi

Poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan Xorijiy tillarni o`qitish uchun chet el fuqarolarini jalb etish loyihasi doirasida o`quv-seminar tashkil etildi.  

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining  birinchi o`rinbosari Usmon Sharifxo`jaev Prezidentimiz raisligida o`tkazilgan maktablarda ta`lim sifatini yanada oshirish, o`quvchi o`rnini ko`paytirish, o`qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo`yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig`ilishida xorijiy tillarni  o`qitish bo`yicha yangi vazifalar belgilanganini ta`kidladi.

️Treninglar avvalida xorijiy til fanlarining ta`lim standartlari, o`quv dasturlari va darsliklar hamda o`qitish metodikasi haqida ta`kidlab o`tildi.

  • Treninglar doirasida, shuningdek:
  • O`zbekiston Respublikasining tarixiy rivojlanishi, madaniyati va ta`lim tizimi,
  • iqtisodiy taraqqiyotda maktab ta`limining o`rni,
  • xorijiy mutaxassislarning o`quvchilarda xorijiy fanlarni bilim va ko`nikmalarini shakllantirishda vazifalari,
  • xorijiy til fanlarining ta`lim standartlari, o`quv dasturlari va darsliklari hamda o`qitish metodikasi haqida so`z yuritildi.

️Ma`lumot o`rnida,  joriy yilda maktabda dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egalari” olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko`payishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar