AsosiyJamiyat

O`zbekiston Afg`onistonga protein va vitamin komplekslari etkazib beradi

'O`zbekiston Afg`onistonga protein va vitamin komplekslari etkazib beradi'ning rasmi

Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari mas`ullaridan iborat bir guruh vakillari Afg`oniston davlatida bo`lib turibdi.  Delegasiya tarkibida Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi boshqarmasi boshlig`i Sherzod Yakubov ham bo`lib, farmasevtika va sog`liqni saqlash sohasida Afg`oniston va O`zbekiston o`rtasidagi hamkorlik masalalarida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Afg`onistonning “Fyucher Vels Trayding“ kompaniyasi direktori G.Fahim bilan O`zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yiliga o`rtacha 1 mln. dollarlik protein va vitamin komplekslarini etkazib berish bo`yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Afg`oniston Aholi salomatligi vazirligining farmasevtika xizmatlari direktori Hamid Furmuli bilan mazkur mamlakatdagi “Ibn Sina” korxonasi negizida shartnoma tuzish masalalari muhokama qilindi.  

Ma`lumot o`rnida aytadigan bo`lsak, Afg`onistonda davlat tomonidan aholini farmasevtika mahsulotlari bilan ta`minlash xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi. Bu ishda “Ibn Sina” yirik distribyuter korxonasi jonbozlik ko`rsatib kelmoqda.  

Bundan tashqari, stomatologiya xizmatlari ko`rsatish bo`yicha Kobul shahrida atigi bitta korxona faoliyat ko`rsatib kelayotgan bo`lib, uchrashuvlar davomida Afg`oniston tibbiyot xodimlarini “Health manager” bo`yicha malakasini oshirish, qisqa muddatli kurslarda o`qitish masalalari kelishildi.

Mazkur holatlar e`tiborga olinib, O`zbekistonda ishlab chiqarilgan dori mahsulotlarini ushbu mamlakat bozoriga etkazish borasida Afg`oniston “Oziq-ovqat va dori vositalarini sifatini nazorat qilish” milliy uyushmasi raisi, doktor A.Umar bilan samarali muzokaralar olib borildi.  

Xususan, davlat ro`yxatidan o`tkazishning o`zaro soddalashtirilgan tizimini (25 kungacha) joriy qilish bo`yicha kelishuv loyihasi ishlab chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar