Statistika agentligining ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 7 oyda eng ko`p Xitoydan elektromobil import qilgan.
O`zbekiston 2023 yilning yanvar-iyul oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 217,1 mln AQSh dollariga 7 391 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6084 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.
7 oyda eng ko`p elektromobil import qilingan davlatlar:
— Xitoy – 6 898 ta
— Gonkong – 376 ta
— Germaniya – 64 ta
— Koreya – 18 ta
— BAA – 16 ta
— AQSh – 11 ta
28.08.2023 16:22
O`zbekistonda so`nggi 7 oyda elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshdi






