AsosiyJamiyat

"Toshkent" xalqaro aeroportida estakadaga kirish vaqtincha yopildi

'"Toshkent" xalqaro aeroportida estakadaga kirish vaqtincha yopildi'ning rasmi

"Toshkent" xalqaro aeroportida estakadaga kirish yo`l belgilari yangilanishi munosabati bilan vaqtincha yopildi. Harakat 28 avgust kuni 18:00 ga qadar tiklanishi rejalashtirilmoqda.

Ma`lumot uchun, taksilar, sayyohlik avtobuslari va chet el delegasiyalarining transporti uchun estakadada harakatlanishga ruxsat etiladi.

Estakada bo`ylab terminalga o`tish qoidalari quyidagicha:

  • estakadaning o`ng tomondagi chizig`i sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun, chap tomondagi chizig`i esa taksilar uchun mo`ljallangan;
  • taksilar uchun estakadada yo`lovchilarni olish/tushirish vaqti 5 daqiqadan, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqadan oshmasligi kerak;
  • estakadaning o`ng va chap chiziqlarini ajratib turadigan sariq chiziqda to`xtash taqiqlanadi va jarima to`lanishini nazarda tutadigan qoidabuzarlik hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar