Turkiyaning Freebird Airlines aviakompaniyasi Samarqand – Bodrum – Samarqand yo`nalishi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri charter reyslarini yo`lga qo`ydi.
Birinchi yo`lovchi charter reysi 7 sentyabrga belgilangan. Reyslar Airbus A320 tipidagi samolyotlarda haftasiga bir marta - payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Freebird Airlines - 2000 yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan turk aviakompaniyasi. Aviakompaniyaning asosiy bazasi Antaliya shahri hisoblanadi. Aviakompaniya Evropa va Turkiya o`rtasida ichki reyslarni, shuningdek xalqaro charter reyslarini amalga oshiradi.






