AsosiyJamiyat

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Qirg`izistonning "Birdamlik" medali bilan taqdirlandi

'Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Qirg`izistonning "Birdamlik" medali bilan taqdirlandi'ning rasmi

Bugun, 27 avgust kuni Bishkek shahridagi xalqaro tadbirda O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qirg`iziston musulmonlari diniy idorasi tomonidan “Intmak” (Birdamlik) medali bilan taqdirlandilar.

Tadbirda so`nggi yillarda O`zbekiston zaminida Islom dini ma`rifatini keng yoyish, mo`min-musulmonlar ehtiyojini ta`minlash, masjid-madrasalarni obod etish va ulug` allomalar merosiga ehtirom ko`rsatish, mintaqada tinchlik-osoyishtalikni ta`minlash va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini shakllantirish yo`lida olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi.

O`z navbatida, O`zbekiston tomoni ham Qirg`iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Zamir qori Rakiev hazratlariga munosib hadyalarni tuhfa etdi.

    Boshqa yangiliklar