“Tashabbusli budjet”ning joriy yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
“Ochiq budjet” portali orqali kiritilgan takliflarga quyidagi tartibda ovoz beriladi:
Openbudget.uz saytiga kiriladi;
“Tashabbusli budjet” bo`limi tanlanadi;
“Ovoz berish” tugmasi bosiladi;
Mavjud takliflardan bittasi tanlanib, ustiga bosiladi;
“SMS orqali” tugmasi tanlanadi;
Telefon raqam kiritilib, matematik amal bajariladi;
“SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi;
mobil telefonga kelgan SMS kod kiritilib, yana “SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi.
Ovoz berish jarayonlari 27 avgustdan 16 sentyabrga qadar davom etadi.






