Bugun, 27 avgust kuni kunduzi respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Bu haqda O`zGidromet xabar berdi.
Navoiy viloyatida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° bo`ladi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-26° bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat 13-18° bo`ladi.






