Namangan viloyati hokimi o`rinbosari Saidahmad Sultonov Toshkent shahrida “Yutong bus co.,LTD” kompaniyasining MDH mamlakatlari bo`yicha prezidenti Djeff Syao boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Uchrashuvda viloyatda aholiga ko`rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash, zamonaviy avtobuslar sotib olish va ularga servis xizmatlari ko`rsatishni tashkil etish bilan bog`liq jihatlar muhokama etildi.
Muzokaralar davomida “Xumo avto plyus” MChJ hamda “Yutong Hongkong Limited” kompaniyasi o`rtasida 100 dona ZK6890HG modelidagi avtobuslarni sotib olish yuzasidan shartnoma imzolandi.






