AsosiyJamiyat

O`zbekiston Turkmanistondan yiliga 2 mlrd kub metrgacha gaz sotib oladi

'O`zbekiston Turkmanistondan yiliga  2 mlrd kub metrgacha gaz sotib oladi'ning rasmi

O`zbekistonning UzGasTrade va Turkmanistonning "Turkmangaz" kompaniyasi o`rtasida yiliga 2 milliard kub metrgacha turkman gazini etkazib berish bo`yicha qisqa muddatli shartnoma imzolandi. Bu haqda O`zbekiston Energetika vazirligi rahbari Jo`rabek Mirzamahmudov Turkmaniston davlat axborot portaliga bergan intervyusida ma`lum qildi.

Bunday kelishuvga Ashxobodda O`zbekiston energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov va Turkmaniston bosh vazirining yonilg`i-energetika kompleksi uchun mas`ul o`rinbosari Botir Amanov o`rtasidagi muzokaralar chog`ida erishildi.

"Bu faqat boshlanishi, chunki biz o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning yanada keng istiqbollarini muhokama qildik. Bu uzoq muddatga va etkazib berishni ko`paytirish bilan uzoq muddatli shartnoma ishlab chiqishni o`z ichiga oladi", — dedi Jo`rabek Mirzamahmudov.

Shuningdek, u tomonlar elektr energiyasini etkazib berish, elektr energiyasini uchinchi davlatlarga tranzit qilish, shuningdek, neft, neft mahsulotlari, kimyo sanoati mahsulotlarini, xususan, fosfat va azotli o`g`itlar va boshqalarni etkazib berish sohasida hamkorlik qilish masalalarini ko`rib chiqqanini aytdi.

    Boshqa yangiliklar