O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmanistonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Shadurdi Meredovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
“So`nggi yillarda aloqalarimiz misli ko`rilmagan darajada kengayganiga guvoh bo`ldik. Erishilgan yutuqlar talaygina, yanada ko`prog`i esa hali oldinda”, - deya yozdi Saidov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida.
Vazir elchiga mamlakatdagi faoliyati mobaynida muvaffaqiyatlar tilagan.






