AsosiyJamiyat

Turkmanistonning O`zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi

'Turkmanistonning O`zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi'ning rasmi

Shadurdi Meredov Turkmanistonning O`zbekistondagi elchisi sifatida Toshkentda ish boshladi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, bugun, 24 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shadurdi Meredovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan. 

“So`nggi yillarda aloqalarimiz misli ko`rilmagan darajada kengayganiga guvoh bo`ldik. Erishilgan yutuqlar talaygina, yanada ko`prog`i esa hali oldinda”, deydi Baxtiyor Saidov. 

Shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Turkmaniston elchisiga O`zbekistondagi faoliyati mobaynida muvaffaqiyat tilagan.

    Boshqa yangiliklar