2022 yil oxirida Rossiyada yashovchi 71 yoshli fuqaro o`ziga ikki ishchi – O`zbekiston fuqarosini dachada ishlash uchun 200 dollarga sotib oldi, deb xabar bermoqda "centralasia".
Ma`lum qilinishicha, Rossiyada noqonuniy yashagan 31 yoshli erkak va 27 yoshli ayol qullikka tushib qolgan. Taxminan olti oy davomida ular polisiya kelguniga qadar bog`da ishlashgan.
Pensioner-qul egasi qo`lga olinib, “Odamni o`g`irlab ketish bilan bog`liq bo`lmagan holda qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish” va “Noqonuniy migrasiyani tashkil etish” moddalari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov izolyatorida saqlanmoqda. Noma`lum sotuvchilar esa qidirilmoqda.






