AsosiyJamiyat

Afg`onlar Tolibon davrida ish yo`qligi va qashshoqlik kuchayib borayotganidan shikoyat qilmoqda

'Afg`onlar Tolibon davrida ish yo`qligi va qashshoqlik kuchayib borayotganidan shikoyat qilmoqda'ning rasmi

Afg`onistonda ayrim odamlar ish yo`qligi va mamlakatda qashshoqlik kuchayib borayotganidan shikoyat qilmoqda, deb yozdi Tolo News.

Odamlar Tolibon va gumanitar tashkilotlarni muammolarini hal qilishga chaqirdi.

G`ulom ismli kishi Kobulda oilasi uchun oziq-ovqat qidirish bilan band. Oilasi besh kishidan iboratligini aytib, "ishsizlik"ni muammo deb atadi.

“Men besh kishilik oila boshlig`iman, ishsizlik muammo, iqtisodiy muammolar ko`p, oilaning boquvchisiman, yordam beradigan odamim yo`q”, - deydi u.

Kobulda yashovchi Abdul G`afarning aytishicha, yoshlar Afg`onistonda ish bilan ta`minlanishi kerak. “Mamlakatdagi yoshlar ish bilan ta`minlansin, mamlakatdagi kambag`al yoshlar ish topish imkoniyatiga ega bo`lishini istaymiz”, deydi u

    Boshqa yangiliklar