AsosiyJamiyat

Oqqo`rg`on tumanida daraxtlar qurib qoldi. Mas`ullarga chora ko`rildi

'Oqqo`rg`on tumanida daraxtlar qurib qoldi. Mas`ullarga chora ko`rildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi ekologik nazorat tadbiri o`tkazildi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi. 

Tadbir davomida "Madaniyat" MFY hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida terak qalamchalari ekilgani, ammo Oqqo`rg`on tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan etarli darajada agrotexnik ishlari olib borilmaganligi aniqlandi. Natijada qalamchalar qurib qolgan. Bu bilan "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi Qonunning 32, 37-moddalari talablari buzilgan.

Holat yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo`lim boshlig`i A.A.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari – 3 million 300 ming so`m miqdorida jarima belgilandi.

Shuningdek, reyd davomida Oqqo`rg`on tumani tibbiyot birlashmasi hududida ekilgan ko`chatlar e`tiborsizlik oqibatida qurib qolganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan tibbiyot birlashmasi xo`jalik ishlari bo`lim boshlig`i A.B.ga nisbatan ham MJtKning 79-moddasi 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari – 3 million 300 ming so`m miqdorida jarima belgilandi.

    Boshqa yangiliklar