Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko`ra, Isuzu NPR 75L-K rusumli 15 dona yuk transportlari sotib olish uchun davlat byudjetidan 8 mlrd 145 mln so`m ajratilgan. Bu haqda davlat rahbarining PQ-112-son qarorining 5-ilovasida belgilangan.
Shunda davlat byudjeti mablag`lari hisobidan davlat teatrlari va "O`zbek davlat sirki" uchun avtobus va yuk transport vositalari beriladi.
Ma`lumot o`rnida, bu furgonlardan ko`chma teatr va konsert tomoshalarini namoyish qilish uchun foydalanilishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, vazirlik 8 mlrd so`mga zamonaviy ko`rinishdagi avtomobil sotib olgan edi.






