AsosiyJamiyat

QQSni qaytarish muddati qisqartirilishi natijasida o`tgan bir yil ichida 6 mingta korxonaga 20 trln so`m qaytarib berildi

'QQSni qaytarish muddati qisqartirilishi natijasida o`tgan bir yil ichida 6 mingta korxonaga 20 trln so`m qaytarib berildi'ning rasmi

O`tgan yilgi takliflar asosida biznes sub`ektlari mikro, kichik, o`rta va yirik toifalarga bo`lindi va ularning har biri bilan alohida yondashuvlar asosida ishlash tizimi yo`lga qo`yildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tuman va shaharlar ham 5 ta toifaga ajratildi, 60 ta tumanga alohida soliq, kredit va moliyaviy yordam rejimlari joriy qilindi.

Natijada bu tumanlardagi tadbirkorlar o`tgan olti oyda qariyb 1 trillion so`mlik imtiyozlardan foydalandi.
Buning hisobiga, 20 ta tumandagi tadbirkorlarning daromadi o`tgan yilga nisbatan 1,5-2 baravargacha oshdi.

Qo`shilgan qiymat solig`ini qaytarish muddati qisqartirilib, o`tgan bir yil ichida 6 mingta korxonaga 20 trillion so`m qaytarib berildi.

Ayniqsa, eksportdan valyuta tushumini kutmasdan, qo`shilgan qiymat solig`ini intizomli eksportchi korxonalarga qaytarib berish tartibi joriy qilingani natijasida, 2 mingdan ziyod tadbirkorlar hisob-raqamiga 7 trillion so`m kelib tushdi.

Samarasiz soliq mexanizmlarini qo`llash oqibatida vujudga kelgan soliq qarzdorligidan voz kechilgani hisobiga, biznes ixtiyorida 2 trillion so`m qoldi.
 

    Boshqa yangiliklar