AsosiyJamiyat

1-sinfga onlayn qabul uchun yangi qulaylik yaratildi

'1-sinfga onlayn qabul uchun yangi qulaylik yaratildi'ning rasmi

1-sinfga elektron qabul jarayonida yana bir qulaylik yaratildi.

Endilikda doimiy yashash joyi tumanlarda bo`lgan fuqarolar, Toshkent shahri va viloyat markazlarida joylashgan hamda bo`sh o`rinlari mavjud bo`lgan umumiy o`rta ta`lim maktablarining 1-sinfiga onlayn qabul uchun ariza topshirishlari mumkin. 

Buning uchun Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligining my.maktab.uz saytida ro`yxatdan o`tish orqali onlayn qabul qilish jarayonidan o`tishlari kerak.

Ushbu yo`riqnomada my.maktab.uz saytida ro`yxatdan o`tish bosqichlari ketma-ketlikda ko`rsatib o`tilgan.

Qabul jarayonlari bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki  71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar