AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Prezident Administrasiyasi rahbari lavozimi tugatildi

'O`zbekistonda Prezident Administrasiyasi rahbari lavozimi tugatildi'ning rasmi

Prezident Administrasiyasi rahbari lavozimi tugatildi. Bu haqda  deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Prezidentning tegishli farmoni bilan Prezident Administrasiyasi rahbari lavozimi tugatildi hamda Administrasiyaning tuzilmasiga bir qator o`zgartirishlar kiritildi.

Eslatib o`tamiz, Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzoqov vazifasidan ozod etilib, prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Sunatulla Xusanovich Bekenov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining yordamchisi lavozimidan, Furqat Jalolovich Raximov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va Administrasiya bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho``basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar