O`zbekistonning davlat qarzi qoldig`i 2023 yil 1 yanvar holatiga ko`ra 29,2 mlrd. AQSh dollarini (shundan, davlat tashqi qarzi – 25,9 mlrd. AQSh dollari, davlat ichki qarzi 3,3 mlrd. AQSh dollar) yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma`lum qildi.
Xususan, davlat qarzining YaIMga nisbati 2021 yil boshida 39,0 foizdan (2021 yil yakunida – 38,0 foiz) 2022 yil yakuniga qadar 36,4 foizgacha pasaygan.
Xalqaro valyuta jamg`armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag`ishlangan hisobotiga ko`ra, O`zbekistonning davlat qarzi bugungi kunda "mo``tadil" darajada hisoblanadi.
Davlat qarzi 2022 yil davomida 2,9 mlrd. dollarga oshgan bo`lsada, AQSh dollari hisobida yalpi ichki mahsulot tez sur`atlarda, ya`ni 11,1 mlrd. dollarga o`sganligi tufayli davlat qarzi YaIMga nisbati pasaygan.






