Ijtimoiy tarmoqlarda "Metropolitenda yong`in chiqdi" mazmunida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni munosabat bildirdi.
"Ushbu holat joriy yilning 17 avgust sanasida soat 00:20 lar atrofida sodir bo`lgan.
Barchangizga ma`lumki, bu vaqtda bekat yo`lovchilar uchun yopiq bo`ladi va tizimli texnik hamda xo`jalik ishlari amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tarmoqda yong`in, deya ta`kidlangan jarayon hech qanday yong`in emas, balki bekatda amalga oshirilgan rejaviy xo`jalik ishi, ya`ni metro yo`lidagi chaqiq toshlarni tekislovchi texnik uskunadan chiqqan tutun hamda chaqiq toshlardan hosil bo`lgan changlardir.
Bu kabi texnologik jarayonlar belgilangan jadval asosida tizimli ravishda amalga oshiriladi va uning xavfsiz amalga oshirilishi doimiy tarzda nazorat qilib boriladi", deyiladi munosabatda.






