AsosiyJamiyat

Chinozda “tadbirkor” 15 mingga yaqin xonadonning bir oylik elektr energiyasini o`g`irladi

'Chinozda “tadbirkor” 15 mingga yaqin xonadonning bir oylik elektr energiyasini o`g`irladi'ning rasmi

16 avgust kuni Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta`minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida o`tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Xususan, Chinoz tumani, “Islomobod” MFYda joylashgan “A. Ch.» UK o`zboshimchalik bilan, noqonuniy ravishda elektr tarmog`iga ulanganligi natijasida tizimga 1 mlrd 300 mln 860 ming so`m (2 mln 890 ming 800 kVt·soat) zarar etkazgani ma`lum bo`ldi.

Ma`lumot uchun: ushbu hajmdagi elektr energiyasi 14 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste`molini tashkil qiladi.

Hozirgi vaqtda aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza etuvchi organlar tomonidan o`rnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar