AsosiyDunyo

Putin Ukraina mojarosida G`arbni aybladi

'Putin Ukraina mojarosida G`arbni aybladi'ning rasmi

Xalqaro xavfsizlik forumida so`zlagan nutqida Rossiya prezidenti  Vladimir Putin Ukrainadagi davom etayotgan mojaroda G`arbni aybladi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda. 

Uning Aytishicha,  NATO foyda olish uchun yangi mojarolarni qo`zg`atmoqda.

“Olovga moy quyish siyosati nimaga olib kelayotgani Ukraina misolida yaqqol ko`rinib turibdi. Neonasistlar tuzumiga milliardlab dollarlar qo`shish, uni asbob-uskunalar, qurol-yarog`, o`q-dorilar bilan ta`minlash, o`z kuchlarini yuborish harbiy maslahatchilar va yollanma askarlar yuborish orqali mojaroni yanada kuchaytirmoqda hamda unga boshqa davlatlarni jalb qilish uchun hamma narsa qilinmoqda”, — deydi Putin.

Anjumanda Rossiyada tashrif bilan bo`lgan Xitoy Mudofaa vaziri Li Shangfu ham so`zga chiqdi. Li ochiq muloqot va kelishmovchiliklarni bartaraf etish muhimligini qayd etdi.

Mudofaa vaziri Xitoy tinchlik va muzokaralarni rag`batlantirish tarafdori ekanini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar