AsosiyDunyo

Afg`oniston Turkmaniston bilan elektr energiyasi sohasida hamkorlik qiladi

'Afg`oniston Turkmaniston bilan elektr energiyasi sohasida hamkorlik qiladi'ning rasmi

“Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) energetika kompaniyasi  Turkmanistonning “Turkmenenergo” davlat korporasiyasi bilan Afg`onistonning Hirot viloyatida energetika loyihasini amalga oshirish bo`yicha shartnoma tuzdi. Bu haqda Afg`oniston energetika kompaniyasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, muzokaralar chog`ida “Nur-ul-Jehad” podstansiyasining elektr ta`minotini 110 kilovoltdan 220 kilovoltgacha kengaytirish loyihasi bilan bog`liq masalalar muhokama qilingan.

 

“Asosiy e`tibor loyihaviy tadqiqotlar, hujjatlarni tayyorlash, xavfsizlik, sug`urta va boshqa texnik jihatlarga qaratildi. Pudratchiga kerakli hujjatlarni tayyorlash uchun vaqt berildi”, — deyiladi DABS bayonotida.

Ma`lumot uchun, Afg`oniston elektr energiyasining 80 foizdan ortig`ini Markaziy Osiyo va Erondan import qiladi. Yaqin vaqtgacha uning ehtiyojlarining deyarli yarmi O`zbekiston tomonidan ta`minlanar edi, endi u sanoat yuksalishi tufayli ichki iste`molga yo`naltirilgan.

    Boshqa yangiliklar