Joriy yilning 14 avgust kuni soat 15.40 larda Sergeli tumanida yo`lovchi avtobusi boshqaruvini yo`qotib beton ustunga borib urilishi natijasida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda IIBB YHXB xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, hodisa 4P-21 yo`lining 5-kilometrida 1973 yilda tug`ilgan I.B. boshqaruvida bo`lgan davlat raqami 01 850 ZJA belgili Saz-Le 60 rusumli avtobusda sodir bo`lgan.
"Toshshahartransxizmat" AJning ma`lum qilishicha, avtobus bilan bir yo`nalishda harakatlanayotgan tirkamali yuk mashinasi avtobusning yo`nalishiga halaqit berishi natijasida, haydovchi avtobusni avval o`ng tarafdagi stolbaga, so`ng yo`lni ajratuvchi betonli to`siqga urilishi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir etilgan.
Yo`l transport hodisasi natijasida avtobus haydovchisi 1973 yilda tug`ilgan I.B. va 3 nafar yo`lovchilari;
1983 yilda tug`ilgan B.F.
2021 yilda tug`ilgan M.A.
2012 yilda tug`ilgan A.F.lar tan jarohat olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






