AsosiyJamiyat

Buxoroga 15 ta chiqindi yig`uvchi zamonaviy mashinalar keltirildi

'Buxoroga 15 ta chiqindi yig`uvchi zamonaviy mashinalar keltirildi'ning rasmi

Buxoro viloyatiga 15 ta "Isuzu" rusumli chiqindi yig`uvchi maxsus zamonaviy texnikalar topshirildi.  

Ta`kidlanishicha, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi "Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish" loyihasi doirasida 300 dona "Isuzu" rusumli chiqindi yig`uvchi maxsus texnikalar xarid qilingan. Ushbu texnikalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi tomonidan hududlardagi sanitar korxonalariga 10 yil muddatga imtiyozli shartlar asosida lizingga berilmoqda.  

Shuningdek, maxsus texnikalar bir yillik imtiyozli davrga ega bo`lib, qo`shimcha qiymat solig`idan ozod etilgan. Bu o`z o`rnida sanitar tozalash korxonalari faoliyatini yaxshilashga, qamrov darajasini (4 mln kishiga) oshirishga hamda chiqindilarni o`z vaqtida olib chiqib ketishga yordam beradi.  

Ma`lumot uchun, sanitar tozalash korxonalariga engillik yaratish maqsadida ular tomonidan boshlang`ich badal shakllantirishda qiyinchilik tug`ilganda, uning o`rniga qonunchilikda belgilangan tartibda ta`minot turlaridan biri yoki bir nechtasini taqdim etish imkoniyati ham berilmoqda.  

Maxsus texnikalar Yaponiyaning "Isuzu" brendi ostida Samarqand avtomobil zavodida yig`ilgan. 

Hozirda chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar Qashqadaryo va Buxoro viloyatlariga etkazib berilgan. Qolgan viloyatlarga topshirish ishlari ham olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar