AsosiyDunyo

Qrim ko`prigiga raketa hujumi uyushtirildi

'Qrim ko`prigiga raketa hujumi uyushtirildi'ning rasmi

Anneksiya qilingan Qrimni Rossiya bilan bog`lovchi ko`prikka raketa hujumi uyushtirildi. Bu haqda Zamon.uz' yozmoqda. 

Qrim ko`prigi hududida havo hujumidan mudofaa tizimi ikkita raketani urib tushirdi, dedi Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksyonov. Uning qo`shimcha qilishicha, ko`prikka zarar etmagan. Shuningdek, anneksiya qilingan Qrim rahbarining maslahatchisi Oleg Kryuchkov ham ko`prik bilan bog`liq vaziyat yuzasidan ma`lumot berdi.

«Maxsus xizmatlar tomonidan tutun pardasi o`rnatildi. Tez orada transport harakati qayta tiklanadi», — deydi u.

Ijtimoiy tarmoqlarda Kerchdan videolar chop etilmoqda. Kadrlarda ko`prik hududida tutun borligini ko`rish mumkin. Qrim ko`prigida avtotransportlar harakati vaqtincha to`sib qo`yildi, deb xabar qildi shtab. Birzodan ko`prik transport vositalari harakati uchun qayta ochilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi Qrim ko`prigiga “zarba beruvchi versiyaga aylantirilgan S-200 zenit-raketalari bilan hujum qilganini bildirdi. Vazirlikning ta`kidlashicha, raketalar havoda aniqlangan va tutib olingan.

    Boshqa yangiliklar