Qozog`istonning Olmaota viloyatida 37 yoshli ayol tuman shifoxonasi tug`uruq bo`limining jonlantirish bo`limi uchinchi qavati derazasidan sakradi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
“Qorasoy klinik ko`p tarmoqli markaziy tuman kasalxonasi” 10 avgust kuni sodir bo`lgan voqea tafsilotlarini ochiqladi.
“Tug`uruqxonaning uchinchi qavatidagi reanimasiya bo`limida tug`uruqdan keyingi ayol tibbiyot xodimlarini itarib, derazadan sakradi. Ayol operativ tug`uruqdan keyin to`rtinchi kun intensiv terapiyada bo`lgan. Tug`uruqdan keyingi psixoz fonida u o`zini tajovuzkor tutib, davolanishdan bosh tortgan”, — deyiladi xabarda.
Ayni paytda u barcha ixtisoslashgan mutaxassislar: anesteziolog-reanimatolog, neyroxirurg, travmatolog va jarroh tomonidan ko`rikdan o`tgan.






