Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva avgust oyida bo`lib o`tadigan saylovlarda hukmron Zimbabve Afrika milliy ittifoqi - Vatanparvarlik fronti partiyasiga ovoz berganlarning barchasiga jannatdan joy va`da berdi.
Mnangagva minglab tarafdorlarini o`z partiyasini qo`llab-quvvatlashga chaqirdi. Yig`ilish ishtirokchilariga prezidentning yuzi tasviri tushirilgan nonlar ham tarqatildi.
Zimbabveda 23 avgust kuni umumiy saylovlar bo`lib o`tadi. Prezidentdan tashqari parlament va mahalliy o`zini o`zi boshqarish organlari ham saylanadi.
Avvalroq Rossiya Afrika mamlakatlariga 50 ming tonnagacha g`allani tekin etkazib berishini ma`lum qilgandi. Zimbabve ham qabul qiluvchi davlatlar qatoriga kiritilgan.






