AsosiyJamiyat

Sirdaryoga yangi IIB rahbarlari keldi

'Sirdaryoga yangi IIB rahbarlari keldi'ning rasmi

Sirdaryo viloyatining uchta hududiga IIB rahbarlari tayinlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Bayon etilishicha, podpolkovnik O`tkirjon Sattorovich Begimov Boyovut tumani Ichki ishlar bo`limi boshlig`i lavozimiga tayinlangan. U tayinlovga qadar Shirin shahar Ichki ishlar bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, mayor Begzod Yusupovich Sanaev Shirin shahar Ichki ishlar bo`limi boshlig`i vazifasini egallagan. U Vazirlik Akademiyasi magistraturasining ikkinchi darajadagi “Tashkiliy-taktik boshqaruv” yo`nalishida tahsil olgan.

Bundan tashqari, podpolkovnik Zahriddin Nuriddinovich Boboxonov Guliston tumani Ichki ishlar bo`limi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. U shu paytgacha Vazirlik Akademiyasi magistraturasining ikkinchi darajadagi “Tashkiliy-taktik boshqaruv” yo`nalishida tahsil olgan.

    Boshqa yangiliklar