Dam olish kunlari haroratning asta-sekin pasayishi davom etadi. Bu haqda O`zgidromet xabar bermoqda.
Yakshanba kuni kunduzgi harorat +30...+32 darajadan, janubda +35 darajadan oshmaydi.
Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog` oldi hamda tog`li hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
12-13 avgust kunlari ba`zi joylarda shamol tezligi chang-to`zon bilan 13-18 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligining kuchayishi ba`zida 20-22 m/s.ga etishi mumkin.
Keyingi haftaning o`rtasida kunduzgi havo harorati +27...+30 darajagacha yanada pasayadi. Ayniqsa kechasi va ertalab havoning salqinlashishi sezilarli bo`ladi, bunda harorat +13...+16 darajagacha pasayadi.
Poytaxtda 11-13 avgust kunlari havo kam bulutli bo`ladi. Bugun harorat kunduzi +34...+36 daraja, shanba kuni +32...+34 daraja, yakshanba kuni +30...+32 daraja bo`ladi. Sharqiy yo`nalishdagi shamol tezligi birozdan o`rtachagacha esadi, kechalari 10-12 m/s.gacha kuchayishi mumkin.






