Italiyaning Lampeduza oroli qirg`oqlarida muhojirlar bo`lgan ikkita qayiqning qulashi oqibatida 30 ga yaqin odam bedarak yo`qoldi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Sohil xavfsizlik xizmati ma`lumotlariga ko`ra, 57 yo`lovchi qutilishga muvaffaq bo`lgan. Bundan tashqari, ikki murda – ayol va bolaning jasadi topilgan. Ikkala qayiq ham Tunisdan yo`lga chiqqani taxmin qilinmoqda. Birinchi qayiqda 48 kishi, ikkinchisida esa 42 kishi bo`lgan.
Italiya Ichki ishlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, joriy yil boshidan buyon mamlakatga dengiz orqali deyarli 92 ming noqonuniy migrant kelgan.






