AsosiyJamiyat

Endi chiqindilar musiqa sadolari ostida olib ketiladi (video)

'Endi chiqindilar musiqa sadolari ostida olib ketiladi (video)'ning rasmi

Chiqindi tashuvchi mashinalarning har kuni ertalab aholi xonadonlaridan chiqindi olib ketish uchun baland signal chalib kelishi aholining e`tirozlariga sabab bo`layotgan edi.  

Buni inobatga olgan holda Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan chiqindilarni signal usulida emas, engil musiqa sadolari ostida olib chiqish yo`lga qo`yildi, deya xabar bermoqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati. 

Hozirda Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida bu usul tajribadan o`tkazilmoqda. Har bir hududga bittadan maxsus mashina ajratilib, aholiga chiqindi tashuvchi mashina kelgani haqida baland signal emas, musiqa orqali xabar berilmoqda. 



Agar yangi usul sinovdan muvaffaqiyatli o`tsa, keyinchalik butun respublika bo`yicha joriy qilinadi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar