Qozog`istonning Ostona shahri markazida buyuk o`zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykali o`rnatildi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
“Balandligi to`rt metrdan ortiq bo`lgan mazkur haykal O`zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi va Ostona shahrida o`rnatildi”, - deyiladi xabarda.
Ma`lumot o`rnida, o`tgan yili O`zbekiston va Qozog`iston prezidentlari ikki mamlakat delegasiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan muzokaralari davomida Ostona shahri markazida buyuk o`zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o`rnatish bo`yicha qaror qabul qilingan edi.






