AsosiyJamiyat

Tehron va Toshkent o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri reyslar yo`lga qo`yilmoqda

'Tehron va Toshkent o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri reyslar yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

Qeshm Air aviakompaniyasi 9 avgustdan Tehron−Toshkent−Tehron yo`nalishi bo`yicha muntazam reyslarini yo`lga qo`yadi. Reyslar haftasiga bir marta-chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi Tehron va Toshkent o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri reyslarni yo`lga qo`ymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.

9 avgust kuni Tehron−Toshkent−Tehron yo`nalishi bo`yicha birinchi muntazam yo`lovchi reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Reyslar haftasiga bir marta-chorshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Qeshm Air — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi bo`lib, 1993 yilda tashkil etilgan hamda mahalliy va xalqaro yo`lovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar