AsosiyJamiyat

⚡️Qo`shrabotning ba`zi rahbarlari ishdan "uchdi", ba`zilariga esa “Hayfsan” berildi

'⚡️Qo`shrabotning ba`zi rahbarlari ishdan "uchdi", ba`zilariga esa “Hayfsan” berildi'ning rasmi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Samarqand viloyati filiali ochiq tanlovlarni o`tkazish bo`yicha monitoring o`tkazdi. Mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ygan mas`ullarga chora ko`rildi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, agentllikka Qo`shrabot tumani hokimligi tomonidan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash va kambag`allikni qisqartirish bo`yicha hokim yordamchilari lavozimlariga ishga qabul qilish jarayoni belgilangan tartib bo`yicha amalga oshirilmayotgani haqida ma`lumot kelib tushgan. 

Mazkur holatni o`rganish maqsadida “Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi qonunning 26-moddasiga asosan monitoring o`tkazilgan. 

Monitoring davomida Qo`shrabot tumani hokimining tegishli qarorlari bilan “Shova”, “Navkat”, “Quvkalla”, “Chimmos”, “Minishkor”, “Yangiqishloq” mahallalari hokim yordamchisi lavozimlari ochiq tanlovga chiqarilgan bo`lishiga qaramasdan, tanlov g`olibi aniqlangunga qadar “vazifasini bajaruvchi” etib xodimlar tayinlanganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimligiga Taqdimnoma kiritilib, nomlari keltirilgan mahallalardagi hokim yordamchilari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. E`lon qilingan ochiq tanlovlarning belgilangan talab darajasida o`tishi nazoratga olindi. Hokimlikning Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbariga “Hayfsan” intizomiy chorasi qo`llanildi. Hozirda faoliyati o`rganilib, ishda qolish yoki qolmaslik masalasi ko`rib chiqilmoqda. 

Monitoring Samarqand viloyati Qishloq xo`jaligi boshqarmasida ham o`tkazildi. Natijaga ko`ra, ochiq tanlov davom etayotgan lavozimlar bo`yicha tanlov natijalarini kutmasdan, tanlov g`olibi aniqlangunga qadar 5 nafar xodim “vazifasini bajaruvchi” etib tayinlangani ma`lum bo`ldi. Holat yuzasidan viloyat Qishloq xo`jaligi boshqarmasiga Taqdimnoma kiritilib, barchasi egallab turgan lavozimidan ozod etildi. E`lon qilingan ochiq tanlovlar nazoratga olindi. Boshqarmaning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho``basi boshlig`i yo`l qo`ygan xato va kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.  

Jarayon respublika bo`ylab davom etmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar