Germaniya janubi-g`arbidagi shaharlardan birida do`l bilan momaqaldiroq bo`lib, ko`chalarni suv bosdi.
Shaharni do`l qopladi, ba`zi joylarda uning qalinligi 30 santimetrga etgan. Do`lning hajmi 1,8 santimetrga etdi.
Rasmiylarning fikriga ko`ra, shahar drenaj tizimlari kiruvchi suvga dosh bera olmagan. Avtoturargohlar, erto`lalar va turar-joy binolari suv ostida qolgan. Shaharni tozalash uchun 290 ga yaqin kommunal xizmat xodimlari jalb qilingan.
Reutlingen shahrida oxirgi marta bunday ko`p miqdordagi yog`ingarchilik taxminan o`n yil oldin yoqqan. Shahar aholisi 118 ming kishini tashkil qiladi.
Bo`ron va uning oqibatlaridan hech kim jabrlanmagan. Shahar infratuzilmasiga jiddiy zarar ko`rmagan.






