Gruziya sog`liqni saqlash vaziri Zurab Azarashvili shanba kuni qutqaruvchilar Shovidagi ko`chki joyida o`n uchinchi qurbonning jasadini topgani haqida ma`lum qildi.
“Vaziyat har daqiqada o`zgarib bormoqda, qutqaruvchilar o`n uchinchi qurbonni topishdi. Yana 23 kishini qidirish davom etmoqda, biz ularni tirik topishga umid qilamiz”, dedi u jurnalistlarga.
Qidiruv ishlarida 400 nafar qutqaruvchi va 200 dan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etib, vayron bo`lgan kottejlar o`rnida ikki metrlik loy va tosh oqimlarini qazishmoqda.
Shovidagi ko`chki 3 avgust kuni kechqurun sodir bo`lgan edi. Oqibatda elektr uzatish liniyalari, ko`priklar va yo`llar, shuningdek, sayyohlik uylari va mehmonxona zarar ko`rgan.
Ayni damda ofat hududidan 200 dan ortiq odam evakuasiya qilingan.
Hokimiyat vertolyotlarni falokat oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilgan.
Fojia munosabati bilan 7 avgust Gruziyada motam kuni deb e`lon qilindi.






