AsosiyDunyo

Nigeriya Senati prezidentning harbiy to`ntarishga qarshi qo`shin yuborish haqidagi iltimosini rad etdi

'Nigeriya Senati prezidentning harbiy to`ntarishga qarshi qo`shin yuborish haqidagi iltimosini rad etdi'ning rasmi

Nigeriya Senati prezident Bola Ahmed Tinubuning o`tgan kuni harbiy to`ntarish sodir bo`lgan Nigerga qo`shin yuborish haqidagi iltimosini qondirmadi.

Nigeriya Senati raisining bayonotiga ko`ra, Nigerdagi siyosiy vaziyat harbiy aralashuv bilan emas, siyosiy yo`llar bilan hal qilinishi kerak.

30 iyul kuni G`arbiy Afrika Iqtisodiy Hamjamiyati (ECOWAS) rahbarlari Niger xuntasiga mamlakatda konstitusiyaviy tartibni tiklash uchun 15 kun muhlat berdi. Talablar bajarilmagan taqdirda tashkilotga a`zo davlatlar Nigerga harbiy intervensiya boshlashga va`da bermoqda.

Nigerda davlat to`ntarishi 27 iyulda boshlangan. General-polkovnik Abdurahmon Tchiani boshchiligidagi bir guruh harbiylar prezident Bazumni hokimiyatdan chetlatishdi. ECOWAS rahbarlari Nigerga qarshi zudlik bilan sanksiyalar kiritdi va bu mamlakat bilan barcha iqtisodiy va moliyaviy operasiyalarni to`xtatdi.

    Boshqa yangiliklar